Kontent qismiga oʻtish

Florentin Pogba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Florentin Pogba
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Peïlé Florentin Pogba[1]
Tavallud sanasi 19-avgust 1990-yil (1990-08-19) (34 yosh)
Tavallud joyi Conakry, Gvineya
Boʻyi 1.89 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
ATK Mohun Bagan
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2009 Celta Vigo
2009—2011 Sedan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2012 Sedan 45 (4)
2012—2018 Saint-Étienne 99 (2)
2012—2013Sedan (ijara) 34 (3)
2018 Gençlerbirliği 9 (0)
2019—2020 Atlanta United 22 (0)
2019—2020 Atlanta United 2 4 (0)
2020—2022 Sochaux 65 (0)
2022— ATK Mohun Bagan 2 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Fransiya U20 3 (0)
2007— Gvineya 31 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(30-iyul uchun)

Florentin Pogba (1990-yil 19-avgustda Gvineyaning Konakri shahrida tugʻilgan) — Gvineyalik futbolchi, ATK Mohun Bagan futbol klubi va Gvineya terma jamoasi himoyachisi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U kattalar faoliyatini Fransiyaning „Sedan“ futbol klubida boshlagan. U asosiy tarkibdagi chempionatdagi ilk o‘yinini 2011-yil 5-fevralda Liga 2ning 22-turida „Bulon“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan. Bu uchrashuvda „Sedan“ futbol klubi 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan[2].

2012-yilning sentabrida u Liga 1 klubi „Saint-Étienne“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 2012—2013-yilgi mavsumni „Sedan“ futbol klubida asosiy tarkibda ijara asosida oʻtkazgan. U „Saint-Étienne“ futbol klubi uchun birinchi oʻyinini 2013-yilning 13-dekabr kuni chempionatning 18-turida „Montpellier“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. „Saint-Étienne“ futbol klubi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[3]. 2014—2015-yilgi mavsumda u ligada 16 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 2015—2016-yilgi mavsumda u 24 ta oʻyin oʻtkazgan[4]. 2016—2017-yilgi mavsumda u ligada 17 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan[5]. 2017—2018-yilgi mavsumning birinchi yarmida u 5 ta liga oʻyinida qatnashgan[6].

2019-yil 5-fevralda u MLS klubi boʻlgan „Atlanta United“ga qoʻshilgan[7][8]. U 13-mart kuni 2019-yilgi CONCACAF Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida meksikaning „Monterrey“ futbol klubiga qarshi o‘yinda „América“ futbol klubi safida debyut qilgan. 2019-yilgi mavsum oxirida u shartnoma uzaytirilmagani uchun „Atlanta United“ futbol klubini tark etgan[9].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Gvineya terma jamoasidagi debyutini 2010-yilning 11-avgustida Mali bilan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. Bu uchrashuvda Gvineya 2:0 hisobida gʻalaba qozongan.

2015-yilgi Afrika Millatlar Kubogida milliy terma jamoa safida oʻynagan. Turnirda 2 ta oʻyin oʻtkazgan. Gvineya chorak finalga chiqdi va unda Gana terma jamoasiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Jamoa Mamlakat Mavsum
C. S. Sedan Ardennes Fransiya bayrogʻi Fransiya 2010—2012
A. S. Saint-Étienne 2012—2018
C. S. Sedan Ardennes (ijara) 2012—2013
Gençlerbirliği S. K. Turkiya bayrogʻi Turkiya 2018
Atlanta United F. C. AQSH bayrogʻi AQSh 2019
F. C. Sochaux—Montbéliard Fransiya bayrogʻi Fransiya 2020—2022
ATK Mohun Bagan F. C. Hindiston bayrogʻi Hindiston 2022—
  1. „Peïlé Florentin Pogba“ (tr). Turkish Football Federation. 2018-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-oktyabr.
  2. „Сезон 2010/2011“.
  3. „Сезон 2013/2014“. 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Сезон 2015/2016“. 2016-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Сезон 2016/2017“. 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Сезон 2017/2018“.
  7. „Atlanta United adds defender Florentin Pogba“ (en). Atlanta United FC (2019-yil 5-fevral). 2019-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  8. Charles Boehm. „Official: Atlanta United sign center back Florentin Pogba“ (en). MLSsoccer.com (2019-yil 5-fevral). 2019-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  9. „Atlanta United announce year-end roster moves“ (en). Atlanta United FC (2019-yil 21-noyabr). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.